“Sherali Komilov” kanalining Facebook va Telegram tarmogʼida Oʼzmilliybank АJ Fargʼona viloyat Bosh boshqarmasida pul mablagʼlari yoʼqolganligi yuzasidan eʼlon qilingan postga “Oʼzmilliybank” АJning rasmiy munosabati
10.06.2024
“Oʼzmilliybank” АJ tizimida amalda boʼlgan ichki meʼyoriy ish hujjatlariga muvofiq bankning barcha hududiy boʼlimlarida muntazam oʼtkazib kelinayotgan inventarizatsiya oʼrganishlarining navbatdagisi Fargʼona viloyati bosh boshqarmasida oʼtkazish jarayonida pul mablagʼlarining notoʼgʼri hisobi yuritilganligi holati hozirda Ishchi guruh tomonidan oʼrganilmoqda.
Shu munosabati bilan, ishchi guruh tomonidan oʼtkazilayotgan oʼrganish natijalariga koʼra holatga aniqlik kiritiladi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan tegishli amaliyotlar bajariladi.
“Oʼzmilliybank” АJ
Matbuot xizmati