Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank"AJ mijozlarni hushyorlikka chorlayd...

"O‘zmilliybank"AJ mijozlarni hushyorlikka chorlaydi

06.01.2025

      

Kuni kecha ljtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston Respublikasi farmoniga ko'ra, mamlakatning har bir fuqarosi bir martalik to'lov olish huquqiga ega, mazmunidagi feyk xabarlar tarqatilib, uning fonida NBU logosi tushirilgan suratlar joylashtirilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha "O‘zmilliybank"AJ hamyurtlarimizni hushyorlikka chorlaydi va yuqoridagi kabi asossiz, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga  ishonib qolmasliklarini so‘raydi.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz Bankka oid bo‘lgan barcha yangilik va e'lonlarni Bankning rasmiy saytidan o'qishlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ma’lumotlarni solishtirib, tekshirib ko'rishlari, savollarga ishonch telefoni va Aloqa markazi operatorlaridan javob olishlarini eslatib o'tamiz.

Shunday ekan, bu borada hushyor va ogoh bo‘lishingizni hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan har qanday tasdiqlanmagan feyk xabarlarga ishonib firibgarlar aldoviga tushib qolmaslikka chaqiramiz.

Bizning bankka aloqador yangilik va xabarlardan esa quyidagi havola hamda qo‘ng‘iroq raqamlar orqali tanishishingiz mumkin:

Telegram — https://t.me/nbu_official;

Facebook — https://www.facebook.com/uznbu;

Instagram — https://www.instagram.com/nbu.official/;

Aloqa markazi: 1344 yoki (78) 148-00-10.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU