Ijtimoy tarmoqning komporuz telegramm kanalida eʼlon qilingan murojaatga “Oʼzmilliybank”АJ ning munosabati
Bugungi kunda banklararo iqtisodiy sogʼlom raqobatni taʼminlash, zamonaviy bank xizmatlarini koʼrsatish hamda bankda mehnat qilayotgan xodimlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Oʼzmilliybank” АJ tizimidagi xodimlarning mehnatiga haq toʼlash tizimini takomillashtirish boʼyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda bankning oʼz oldiga qoʼygan istiqboldagi rejalarini bajarilishi mijozlarga koʼrsatilayotgan bank xizmatlarining yanada rivojlanishi faoliyat samaradorligining asosiy koʼrsatkichlari xisoblanadi. Bank xodimlarining mehnatiga haq toʼlash tizimi oʼzgarmas va oʼzgaruvchan qismlardan iborat boʼlib, toʼlov har bir xodimninng oʼz xizmat vazifalarini bajarishi mehnat unumdorligi hamda samaradorlik koʼrsatkichiga asoslanadi. Mazkur tizim rivojlangan davlatlarning bank tarmoqlari amaliyotini tahlil qilish hamda mehnat bozori konьyukturasi talablarini oʼrganish natijasida joriy qilingan boʼlib, 2023 yil avgust oyidan amaliyotga tadbiq etildi.
“Oʼzmilliybank” АJ xodimlarining ish faoliyati davomidagi avgust oyi uchun eng muhim samaradorlik koʼrsatkichlari oʼrnatilgan tartibda tahlil qilinib, koʼrsatkich natijalariga asosan toʼlovlar sentyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʼzmilliybank” АJning mehnatga haq toʼlash tizimidagi oʼzgarishlar bozor iqtisodiyoti talablari, koʼrsatkichlar hamda aniq tahlil natijalariga asoslanib amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.