“Bankir kundaligi” messendjeriga qilgan murojaati bo‘yicha rasmiy munosabat
Fuqaro Bekzod Eshmurodov tomonidan “Bankir kundaligi” telegram messendjeriga yozilgan murojaatida ipoteka krediti to‘lovi bo‘yicha plastik kartasidan noyabr oyi uchun ikki marta kredit to‘lovi undirilganligi bo‘yicha murojaat qoldirilgan.
“O‘zmilliybank” AJ Samarqand viloyati Bosh boshqarmasining Kattaqo‘rg‘on Bank xizmatlari ofisi markazi xodimlari tomonidan ushbu murojaat o‘rganib chiqildi va fuqaro bilan suhbat olib borildi. O‘rganishlar jarayonida Bekzod Eshmurodov bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq fuqaroning kredit to‘lovini undirish uchun kiritilgan hisob raqami o‘zgarganligi, natijada noyabr oyi uchun kredit to‘lovi uning plastik kartasidan ikki marta yechib olinganligi aniqlandi.
IABS tizimiga mijozning yangi hisob raqami kiritilib, ortiqcha yechib olingan mablag murojaatchining Agrobank Paxtachi tumanida ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berildi. Natijada mijoz o‘zi tomonidan "O‘zmilliybank" AJ va bank xodimlariga nisbatan hech qanday e'tirozi yo‘qligini bildirdi.