Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
2013 yilda oltin-valyuta zaxiralari 2 foizga oshdi

2013 yilda oltin-valyuta zaxiralari 2 foizga oshdi

20.01.2014
UzReport 20.01.2014

     Shu yilning 18 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan majlisida o'tgan yilning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga to'xtalib o'tdi.
     Unga ko'ra, 2013 yilda inflatsiya darajasi prognoz qilingan ko'rsatkichlardan past bo'lib, 6,8 foizni tashkil qildi. 2013 yil yakunlari bo'yicha mamlakat tashqi qarzlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizga teng bo'ldi va eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi.
     Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foizlik profitsit bilan ijro etildi. Shu bilan birga, o'tgan yili iqtisodiyotga soliq yuki 21,5 dan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar daromadlarining minimal stavkasi esa 9 dan 8 foizga pasaytirildi.
     2013 yilda xalqaro bozorlarda qimmatbaho metallarning narhi pasayishiga qaramasdan mamlakat oltin-valyuta zaxiralari 2 foizga oshdi.
     So'nggi yillarda mamlakat eksport tuzilmasida raqobatdosh tayyor mahsulotlar hajmining barqaror o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Unga ko'ra, o'tgan yili eksport qilingan mahsulotlarning 72 foizdan ortig'i tayyor  mahsulotlar  hissasiga to'g'ri kelgan. Bu esa respublika  iqtisodiyotining diversifikatsiyalanib borayotganligidan dalolat beradi.
 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU